Xabib Maxachev jamoasida katta rol o‘ynamaydi, chunki...

  • 13 iyun, 2024, 10:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasidagi mashhur rossiyalik jangchi Eduard Vartanyan UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedovning engil vazn toifasida UFC’ning amaldagi chempioni Islom Maxachev jamoasida katta rol o‘ynashiga ishonmaydi. Bu haqda u YouTube’dagi “MMA Bulletin” kanaliga bergan intervyusida aytdi.

Tecno

“Menimcha, Xabib Islomga yordam berishi dargumon (kuladi). U Maxachevning jamoasida katta rol o‘ynamaydi, chunki Islom ilgari usiz ham kurashgan va janglarni ajoyib tarzda yakunlagan. Xabib shunchaki timsol. Menimcha, u jangda asosiy rol o‘ynamaydi”, - dedi Vartanyan.

Islom Maxachev so‘nggi jangini UFC 302 turnirida amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazdi va o‘z chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!