Xabi Alonso engilmas “Bayer”ni kuchaytiradigan o‘yinchi topdi

  • 28 may, 2024, 11:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya chempionatini mag‘lubiyatsiz yakunlagan “Bayer” bosh murabbiyi Xabi Alonso tarkibni yanada kuchaytira oladigan o‘yinchiga xaridor bo‘lmoqda.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatidan “Jirona” yarim himoyachisi Alesh Garsiyani olib kelishni talab qilmoqda.

Xabi Alonso jamoani kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etishini inobatga olib, tarkibni kuchaytirish kerak, degan fikrga keldi.

26 yoshli Alesh Garsiya “Vilyarreal” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Manchester Siti”, “Eybar”, “Dinamo Buxarest”, “Muskron” kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Markaziy yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 37 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va oltita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!