
WBC yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi pog‘onalarni band etdi?
WBC avgust oyi uchun reytingni yangiladi. Unga ko‘ra, yarim o‘rta vaznda (66.6 kg) Qudratillo Abduqahhorov 15 talik reytingni tark etgan. Buning sababi, Abduqahhorovning IBF yo‘nalishida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilishidir. U o‘tgan oy reytingida 6-pog‘onada qayd etilgan edi.
Super o‘rta vaznda (76.2 kg) WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug‘ofurov o‘tgan oydagi kabi 2-o‘rinni saqlab qolgan. Kuchli 15 talikdan boshqa o‘zbekistonlik bokschilar o‘rin olmagan.
Ammo WBC boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, 40 talik reytingni e’lon qiladi. Undagi hamyurtlarimiz super yarim o‘rta vaznda (69.8 kg) Isroil Madrimov 25, super engil vazn toifasida (63.5 kg) Shohjahon Ergashev 33 va Anvar Turapov 39, birinchi o‘ta engil vaznda ( 48.9 kg) Hasanboy Do‘smatov esa 32-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar