WBA reytingi yangilandi. Bokschilarimiz...

  • 3 yanvar, 11:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan 6 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, Murodjon Ahmadaliev vaqtinchalik chempion sifatida qayd etilgan. Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov o‘z vazn toifalarida birinchi o‘rinni egallab turibdi. 

 

Reytingdagi bokschilarimiz:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin;)

Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarimengil vazn) - vaqtinchalik chempion;

Otabek Xolmatov (yarimengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 4-o‘rin;

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (superyarim o‘rta vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oyda ham 4-o‘rinda edi);

Bektemir Meliqo‘ziev (supero‘rta vazn) - 3-o‘rin (o‘tgan oy ham 3-o‘rinda edi).

 

Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!