
VXL. "Humo" Xitoydagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi
Toshkentning "Humo" klubi Xitoyda mahalliy "Tseng Tou" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona gol bahs tugashiga 3 daqiqa qolganida Ruslan Gaysin tomonidan kiritildi.
Shu tariqa "qanotlilar" hisobidagi ochkolar soni 30 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Evgeniy Popixin shogirdlari o‘zlarining navbatdagi o‘yinlarini 1 dekabr kuni "Dizel"ga qarshi o‘tkazishadi.
03:33 Ruslan Gaysin (Igor Zenchikov)
Fikrlar