VXL. "Humo" bugun autsayder jamoaga qarshi o‘ynaydi
Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati Angarsk shahri sharafini himoya qiladigan "Ermak" klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, "Ermak" ikkinchi konferentsiyadagi 16 klub orasida so‘nggi, 16-o‘rinni egallab turibdi. Angarskliklar hisobida 7 ochko mavjud.
Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud va toshkentliklar ham o‘z konferentsiyasida 16-pog‘onani egallab turibdi.
Bo‘lajak bellashuv "Humo-Arena" muz saroyida soat 19:30 da start oladi.



Fikrlar