Vladimir Bubanya: "Hozir hisobdan ko‘ra yaxshi o‘yin ko‘rsatish muhimroq"

  • 27 yanvar, 2024, 01:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi ham ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘z yig‘inini o‘tkazayotganidan xabardor bo‘lsangiz kerak.

Tecno

“Burgutlar” bor e’tiborini mashg‘ulotlarga va nazorat uchrashuvlariga qaratgan. Chunki ushbu xorij yig‘ini jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. “Andijon”ning serbiyalik legioneri Vladimir Bubanya jumladan shunday dedi:

“Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi yig‘inini Antaliyada boshladik. Avvalgisi Tojikistonda kechdi. U erda yugurishga e’tibor qaratdik. Turkiyada sharoitlar ancha yaxshi. Maydonlar mukammal. Birinchi nazorat uchrashuvi Koreya yoshlariga qarshi kechadi. Menimcha, bu qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Ular ham bizga o‘xshab tez o‘ynashadi. Bizda ham iqtidorli yoshlar ko‘p. Har bir futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi, deb o‘ylayman. Hozir hisobdan ko‘ra yaxshi o‘yin ko‘rsatish muhimroq”.

bubanya1

“Andijon” klubi bundan avval Tojikistonda yig‘in o‘tkazgandi. Bu safar esa ikkinchi xorij yig‘ini tariqasida Antaliyada shug‘ullanmoqda. Bubanya so‘zida davom etar ekan, bu erda asosiy e’tibor nimaga qaratilayotganiga ham to‘xtaldi.

“Biz bu erda texnik va taktik ustida mashq qilamiz. Har bir mashg‘ulot qiziqarli kechyapti. O‘zgarishlar ko‘p, bir qancha o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushamiz. O‘tgan yilgidan ko‘ra yaxshiroq o‘rinni olishga harakat qilamiz”.

bubanya2

“Andijon” Antaliyada nomdor klub – Rossiyaning TsSKA jamoasiga qarshi ham o‘ynaydi. Bu bahsga qiziqish katta. Albatta, bugun bo‘lib o‘tadigan Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan uchrashuvga ham e’tibor kam emas. Bubanya esa “armiyachilar” bilan bo‘lajak o‘yin xususida gapirdi.

“Har bir futbolchi uchun TsSKAga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi. TsSKA ham shu erda, biz ham. Albatta, o‘rtamizda farq bor. Qanday darajada ekanligimizni bilib olamiz. Men o‘zim ham bu kabi klublarga qarshi to‘p surganman. Masalan, “Zenit” bilan. Ilgari Serbiya olimpiya terma jamoasi bilan yig‘inlarda ham shunga o‘xshash ko‘plab klublar bilan to‘qnash kelganmiz”.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!