Vitaliy Levchenko: "Kayfiyatni tushirmaymiz"

  • 2 avgust, 2022, 22:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” (3:3) uchrashuvidan keyin farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Bugungi o‘yin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Mazkur bahs hech qaysi jamoaga oson kechmadi, shu sababli futbolchilar hamda muxlislarga raxmat aytaman. Kayfiyatni tushirmaymiz va o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- O‘yin oldi tayyorgarlik jarayoni va davralar oralig‘ida transferlardan qay darajada qoniqtirdi?

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik uchun menda vaqt kam edi, lekin imkoniyat darajasida jamoani kuchaytira oladigan futbolchilarni jamoaga jalb qila oldik.

- Abror Ismoilov nega zahirada qoldirildi?

- Ikkinchi bo‘limda jamoani kuchaytirish maqsadida uni zahirada qoldirdik.

- O‘yindagi qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Qizil kartochka jamoamiz o‘yiniga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 10 kishi bo‘lib harakat qilish har qanday vaziyatda ham og‘ir kechdi.

- Jamoa yangi darvozaboni bugun o‘yindagi hatolari haqida fikrlaringiz?

- Futbol xatolardan iborat. Biz bunday vaziyatda darvozabonimizni qo‘llab turishimiz kerak va u hali o‘z o‘yinini ko‘rsatadi.

- Navbatdagi turda jamoangiz "Istiqlol" stadionida uy uchrashuvlarini o‘tkazadimi?

- Men ham shu o‘z uyimizda yani "Istiqlol" stadionida o‘ynashni kutyapman. O‘z muxlislarimiz qarshisida o‘ynash albatta zavqli.

"Neftchi" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!