CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va hamyurtlarining qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.

Tecno

"Butun mamlakat meni qullab-quvvatlayotganidan juda xursandman va bundan faxrlanaman. Madridga 18 yoshimda borganman. Tug‘ilib o‘sgan joyimdan uzoqda bo‘lish qiyin. Ammo Braziliya har doim men bilan birga.

Anchelotti doimo menga ishonch bildirib kelgan va u menga otamdek. U har qanday vaziyatda ham bizga mehrli va mas’uliyatli bo‘lishni singdiradi.

Qachon Ronaldu bilan uchrashsam, Anchelottini eng yaxshi murabbiy ekanini ta’kidlaydi. Ham taktik, ham futbolchilar bilan ishlash, shuningdek, muomala qilish qobiliyati nuqtai nazaridan, u va Tite bir-biriga juda o‘xshaydi", - deydi 22 yoshli hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasining chorak finalda Xorvatiyaga qarshi bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!