Villash-Boash poygachi, Lizarazyu endi jiu-jitsu bilan shug‘ullanmoqda?! Boshqa sport turini tanlagan futbol olami vakillari bilan tanishing!

  • 9 may, 2021, 19:20
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ko‘pchilik professional futbolchi bo‘lishni orzu qiladi. Vaholanki, ayrimlar uchun bu shunchaki daromad qilish manbai, xolos. Xo‘sh, futbolchilar o‘zini boshqa sportda sinab ko‘rishiga qanday qaraysiz?

Aslida, futbolni xokkey yoki beysbolga almashtirganlar ko‘p, lekin biz ular orasidagi eng mashhurlarini tanlab oldik. Qulayroq o‘tirib oling!

Timo Vize - Restling

«Verder» jamoasining sobiq posboni 2010 yilda bo‘lib o‘tgan JChda qatnashgan. Oradan 6 yil o‘tib, u o‘z hayotini o‘zgartirib yuboruvchi qarorni qabul qildi.

O‘zining shafqatsiz zarbalari bilan muxlislar e’tiborini tortgan sport turi - restling yangi «jangchi»ni faxr bilan e’lon qildi. Ochig‘i, Timo kutilganidek qarsaklar bilan qarshi olinmadi. Shu bois, bir yildan so‘ng, u bu sportni tark etdi.

Devid Jeyms - Amrekacha futbol

ekrohkeorheherh

2003 yilda ingliz NFL a’zosi - «Mayami Dolfinz» bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etish borasida taklif oldi.

«Berilgan imkoniyatdan unumli foydalandim. Bu sport turini yaxshiroq bilib olish bilan birgalikda, uning super yulduzlari bilan mashg‘ulotlarda ishladim».

Qahramonimiz 3 oy ichida turli pozitsiyalarda harakat qildi, lekin kutilgan natija erisha olmadi. AQShning birorta klubi u bilan shartnoma imzolashni istamadi. Yakunda, Jeyms ortga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.

Piter Chex - Xokkey

37 yoshli Piter Londonning «Gilford Feniks» jamoasi bilan shartnoma imzoladi. To‘g‘ri, qisqa muddatli ammo orzuni amalga oshirish uchun bu muddat kifoya qildi.

Futbol olamidagi eng taniqli posbon xokkeyda 6 o‘yin o‘tkazdi va professional ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Uning so‘nggi uchrashuvidan  keyin, klub shartnomani uzaytirishni taklif etdi. Chex esa, «Chelsi» jamoasi taklif qilgan lavozimni afzal ko‘rdi.

Rio Ferdinand - Boks

«Manchester Yunayted»ning eng qudratli davrida to‘p surgan afsona 2017 yilda boks olamiga kirib keldi. Bukmekerlik kompaniyalari homiyligi ostida bir yil davomida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Negadir xalqaro boks federatsiyasi unga bergan litsenziyani bekor qildi. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bunga Rioning haddan ortiq homiylarni reklama qilgani sabab bo‘lgan. Darhaqiqat, Ferdinand hatto mashg‘ulotlar chog‘ida ham rahnamolari sha’niga iliq so‘zlar aytishga vaqt topgan edi.

Gabriel Batistuta - Polo

O‘z zamonasining eng kuchli hujumchisi poloni juda ham yaxshi ko‘radi. Futbolchilik davrida orttirilgan jarohat sababli, Batistuta hozir yurishga qiynaladi. Balki, shu sababli poloni tanlagandir?!

Maykl Ouen - Ot sporti

Yangi asr boshida «tilla bola» laqabi bilan mashhur bo‘lgan Ouen otlarni juda yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, poygalarda ishtirok etuvchi otlar uning xobbisi sanaladi. Hozir unda 30 dan ortiq poygada ishtirok etuvchi tulporlar mavjud.

Bundan tashqari, Maykl o‘z otlari bilan poygada ham ishtirok etadi. Asosan, xayriya musobaqalarida. 2017 yilda u boshqaruvidagi ot finishga ikkinchi bo‘lib etib kelgan.

Biksant Lizarazyu - Jui jitsu

Siz frantsuzning jismoniy tayyorgarligiga e’tibor qarating. 51 yoshda bu sport bilan shug‘ullanish oson emas. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi suratlariga nazar tashlasangiz, hayron qolasiz.

Biksant o‘zini nafaqat yakka kurash, balki boshqa eksrtrimal sport turlarida ham sinab ko‘rishdan to‘xtamayapti. U syorfing, dayving va chang‘i uchish bobida ham benazirlardan biri.

Jo Xart - Kriket

Jo yoshlik chog‘ida futbol bilan birgalikda, kriket bilan ham shug‘ullangan. Yakunda futbol foydasiga qaror qabul qilgani bilan, ko‘ngilning bir burchagida kriket qolib ketgani aniq!

Paolo Maldini - Tennis

Ilk bor juftlik bahslarida ishtirok etdi va mag‘lub bo‘ldi. Match yakunlangach, futbol afsonasi boshqa tennis bilan shug‘ullanmasligini e’lon qildi.

«Ochig‘i, futboldan boshqa sport turida o‘zimni suvdagi baliqdek his eta olmas ekanman. Buni anglashim uchun birgina match etarli bo‘ldi».

Darhaqiqat, Maldini boshqa tennis bilan shug‘ullanmadi. Shunga qaramay, u ishtirokidagi bahs muxlislar tomonidan iliq qarshi olingan.

Andre Villash-Boash - Ralli

Portugaliyalik anchadan beri poyga ishqibozi. «Zenit», «Portu», «Chelsi», «Tottenxem» singari grand klublarni boshqargan mutaxassis joriy mavsumda ralli bo‘yicha Portugaliya chempionatida ishtirok etadi. SPORTS.uz unga yangi marralarni zabt etishida omad va zafarlar tilab qoladi.

Eji Dudek - Avtosport

Istanbuldagi «mo‘’jiza» bosh qahramoni ham tezlikni hush ko‘radi. U bir necha mavsum professional tarzda avtosport bilan shug‘ullangan. Sog‘liq uchun xavfli ekanligini ma’lum bo‘lgach, rulni yoshroq yigitlarga topshirdi.

Ivan Perishich - plyaj voleyboli

Bu shunchaki qiziqish emas. Bir safar uni Xorvatiya ochiq chempionatida voleybol bahsida ishtirok etgani so‘zimizga isbot bo‘la oladi. Jamoadoshlari bilan birgalikda, u 3 partiyaning barchasida mag‘lub bo‘lgan, ammo maqtansa arzigulik natija qayd etdi!

U bir vaqtning o‘zida futbol va plyaj voleyboli bilan professional tarzda shug‘ullangan er sharidagi birinchi inson!

Neymar - Poker

To‘g‘ri, hozir Poker sport turi emas deguvchilar paydo bo‘ladi, lekin aslida unday emas. Poker rasman sport turi, deb tan olingan. U shaxmatning o‘zgacharoq ko‘rinishi.

Neymar butsalarini mixga ilgach, Poker bilan professional tarzda shug‘ullanmoqchi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Ushbu videoda siz uni «Yulduzlar jangi» filmidagi roli bilan mashhur aktyor - Jon Boega bilan «to‘qnashuvini» tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!