
Viktor Kumikov: "Pro ligada kimlar bilan kuch sinashgan bo‘lsak, ularning orasida "Sho‘rtan" eng kuchlisi"
“Sho‘rtan” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.
- Viktor Balyutovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasida fikrlaringiz qanday?
- Tabrik uchun rahmat. Albatta, birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. “Sho‘rtan” jamoasi har jabhada ustunlik qildi. Birinchi taymni “razvedka” bilan o‘tkazdik desak ham bo‘laveradi. Negaki, “Sho‘rtan” yaxshi jamoa. Bu raqib menga yoqadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni yaxshilashga harakat qildik.
- “Sho‘rtan”ni qanchalik o‘rgangandingiz?
- “Sho‘rtan”ning oldin o‘tkazgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqdim. Shu paytgacha pro ligada kimlar bilan kuch sinashgan bo‘lsak, ularning orasida “Sho‘rtan” o‘yin taraflama eng kuchlisi.
- Jamoangiz uchta uchrashuvdan beri oxirgi daqiqalarda gol uryapti. Bu nima bilan bog‘liq?
- Oxirgi daqiqalarda gol urishimizga kelak, jamoamiz jismoniy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan. Shu sababli so‘nggi daqiqalarga kurashib, gol uryapmiz.
- Ikkinchi bo‘lim boshlarida Sohibjonov jarima maydoni ichida yiqildi va hakam simulyatsiya ishlatdi, deb aytdi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Farhod Sohibjonov bilan ro‘y bergan vaziyat haqida gapirsam, ikkala jamoada ham simulyatsiya ishlatilgan holatlar bo‘ldi. Hakam to‘g‘ri qaror chiqardi.
- Legionerlarning o‘yiniga qanday baho berasiz?
- Legionerlarga kelsak, Goron Miloyko bilan Vladimir Bubanyaning o‘yinlaridan qoniqdim. Bogdan Milichni esa bugun o‘yini o‘xshamadi. Uni ko‘proq jarima maydoni ichida foydasi tegadi. Bugun esa unchalik ko‘p hujum qila olmadik. Aksiga olib, yarim himoyachilarimiz ham kutilgan darajada o‘ynay olmadilar. Shu bois Milichni ham o‘yini chiqmadi. Unga ko‘proq to‘pni etkazib turish kerak.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar