
Viktor Jalilov jamoasining g‘alabasi haqida qanday fikr bildirdi?
Bugun “Navbahor” klubi o‘z uyida “Bunyodkor”ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. O‘yin tugagach, matbuot anjumanining dastlabki qismida Viktor Jalilov qatnashdi.
- "Bunyodkor" bilan bu yil uchinchi marta to‘qnash keldik. Birinchi bo‘lim avvalgi o‘yinlarimizga o‘xshash kechdi, jamoalar bir-birlaridan cho‘chib o‘ynashdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin ochildi, gol qo‘yib yuborilganidan keyin ortga yo‘l yo‘q edi. Shu bois, futbolchilar oldinga intilib, bor mahoratlarini namoyish etishdi. Gol urganimizdan keyin tashabbus biz tomonga o‘tdi, yana imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Muxlislar ikkinchi bo‘limda chiroyli futbol guvohiga aylanishdi, deb o‘ylayman. "Bunyodkor" ham raqibga o‘ynash imkonini beradigan jamoa, oldinga intilib, bo‘sh hududlar qoldiradi. Ikkinchi golni urgandan keyin ham oldinga intildik.
"Surxon" bilan o‘yinda ko‘p futbolchilarimiz shamollab qolishdi. Asosiy o‘yinchilar maydonga tushmaganda, bu seziladi. Shunaqasi ham bo‘lib turadi. O‘yindan keyin bu bizning eng yomon o‘yinimiz bo‘lganini ham aytdim, - deya fikrlarini yakunladi "Navbahor" bosh murabbiyi.
Fikrlar