Viktor Jalilov: "Jamoamizning o‘yinidan umuman qoniqmadim"

  • 4 oktabr, 2021, 06:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliganing 21-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “lochinlar” ustozi Viktor Jalilov ishtirok etib, o‘yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Jamoamizning bugungi o‘yinidan umuman qoniqmadim. “Navbahor” bugun joriy mavsumdagi eng yomon o‘yinini o‘tkazdi. O‘yin davomida yigitlar raqib darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo ammo ulardan samarali tarzda foydalana olishmadi. Futbolchilarga ayrim holatlarda mahorat, qaerdadir omad etishmadi. 

- Bugun Samvel Babayan ko‘rinmadi. Bunig sababi nimada?

- U betob bo‘lib qolgandi. Shu bois, ushbu o‘yinga kela olmadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!