“Viktor Bannikov”. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Turkiyani mag‘lub etdi

  • 29 avgust, 2021, 23:36
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “Viktor Bannikov” xalqaro turnirida Turkiya vakillariga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

O‘yinning 31-daqiqasida Murodjon Komilov hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning boshiga kelib Muhammet Ali O‘zbashkiji muvozanatni tikladi, 1:1. Oradan 5 daqiqa o‘tib Iskandar Soliev turklar darvozasini ishg‘ol qildi, 2:1. Shundan keyin Azizbek Usmonovning goli evaziga hisob mustahkamlangandi, biroq 82-daqiqada Emirhan Kayar oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, 3:2. O‘yin shu hisob bilan yakunlandi.

“Viktor Bannikov” xalqaro xotira turniri

“B” guruhi | 3-tur

O‘zbekiston 3:2 Turkiya

Gollar: Murodjon Komilov 31, Muhammet Ali O‘zbashkiji 48, Iskandar Soliev 53, Azizbek Usmonov 70, Emirhan Kayar 82.

Vakillarimiz keyingi uchrashuvni Belorussiyaga qarshi o‘tkazadi. O‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
30/08/2021 02:34
Тожикистонга ютқуриб, Туркияни ютган йигитлар гап йўқ...
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
30/08/2021 10:10
Agar etibor bersangiz avvallari ko‘p o‘smir futbolchilarimizning yoshi urilgan(kichraytirilgan) bo‘lar edi enfi endi bu narsa to‘g‘ri yo‘lga qo‘yildi shu 2002 yil o‘smirlardan boshlab. Bizning futbolimiz rahbarlari bu narsadan voz kechdi. Nega Tojiklarga yutkazayapmiz sababi aynan shu tojiklarda hali ham shu narsa mavjud agar bizda ham shu holat bo‘lganida tojiklarni elab tashagan bo‘lar edi shuni unitmang.
&
Турсун Ғани
30/08/2021 02:32
Қойил раҳмат ҳаммаларизга. Сервер ДЖепаров жамоасига омад. Олға йигитлар...
solijon bobokulov
29/08/2021 23:45
Бўларкану! Рахмат боллар!