
Veynaldum yozda PSJ, "Inter" yoki "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin
Shu yoz “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadigan yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumga grand klublar xaridor bo‘lmoqda.
Salciomercato nashrining yozishicha, 30 yoshli gollandiyalik futbolchiga PSJ, “Inter” va “Barselona” klubidan takliflar bor. Ular orasida Frantsiya chempioni favorit sifatida tilga olinmoqda.
Veynaldum “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum APLda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar