Veynaldum "Liverpul"dan yangi shartnoma kutmoqda

  • 12 avgust, 2020, 12:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining vakillari mersisaydliklar rahbariyatidan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlash bo‘yicha taklif kutmoqda. Veynaldumning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Jorjino o‘tgan mavsum APLda jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. U “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!