Veynaldum "Barsa"ga ketadimi? U Klopp bilan gaplashib oldi

  • 11 sentabr, 2020, 01:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Tecno

Sky Sports xabariga ko‘ra, futbolchi va jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘zaro gaplashib olishgan, ular suhbatdan so‘ng mamnun edilar, Klopp yarim himoyachiga umid bog‘lamoqda.

Veynaldum jamoada qolishni istayapti va 2021 yilning yoziga qadar amal qiluvchi shartnomasini uzaytirish borasida yangi taklif kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" futbolchiga qiziqish bildirayotgandi. Kataloniyaliklar ustozi , Veynaldum bilan Gollandiya terma jamoasida birga ishlagan Ronald Kumanning shaxsan o‘zi futbolchini jamoasida ko‘rishni xohlayapti.

29 yoshli futbolchi "Liverpul"ga 2016 yili "Nyukasl"dan ko‘chib o‘tgan. U "qizillar" tarkibida 187 ta uchrashuv o‘tkazgan va 19 marta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!