Vesko Steshevich: "Ikki ochko yo‘qotdik"

  • 20 oktabr, 2023, 21:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Buxoro» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

«Afsuski, ochko yo‘qotdik. Ilk daqiqalarda O‘rinboevda qulay imkoniyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadi. Shoyqulovning chetlatilishi bizga keraksiz edi. Penaltidan gol kiritishimiz zarur edi. Ubaydullaevda ham birga-bir vaziyat bo‘ldi, ammo... Umuman, o‘yinni nazorat qildik. O‘ylashimcha, biz bugun 2 ochko yo‘qotdik.

Quyi o‘rinlardagi jamoalarga qarshi uchrashuvlar doim qiyin o‘tadi. Ular uchun har bir ochko muhim sanaladi. To‘pni nazorat qilib, birinchi raqamda o‘ynashimiz kerak bo‘lganida, muammoga duch kelyapmiz», – dedi Steshevich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!