
Venger tan oldi
"Arsenal" klubining sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger unga chindan ham “Bavariya”dan taklif bo‘lganini aytdi.
“Men hozircha murabbiylikka qaytishim haqida bir qarorga kelmadim. Bu men uchun qiyin. Men qarorimni yaqin kunlarda yoki kelasi hafta qabul qilaman”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq myunxenliklar Niko Kovach o‘rniga mavsum oxirigacha jamoani boshqarish uchun aynan Arsen Vengerni taklif qilishmoqchi ekanliklari, shundan so‘ng yozda Tomas Tuxel (PSJ) yoki Erik ten Xagdan ("Ayaks") birini olib kelmoqchi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar