
Venger Salohni Messiga o‘xshatdi
“Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Menga uning rivojlanishi yoqadi. U “Monterrey”ga (2:1) qarshi o‘yinda pleymeykerlik vazifasini o‘z zimmasiga oldi. U jarima maydoni atrofida ajoyib vaziyatlarni yuzaga keltirdi va menga Messini eslatib yubordi.
Shunisi quvonarliki, ko‘p gol uradigan o‘yinchi juda ko‘p golli uzatmalarni ham amalga oshirmoqda. U zo‘r o‘yinchi. Ana shunday fazilatlar barchani hayratga soladi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar