
Venger: Artetada bilim bor, ammo, tajriba yo‘q
"Arsenal" klubining afsonaviy murabbiyi Arsen Venger “kanonirlar” safidagi sobiq shogirdi Mikel Arteta jamoa bosh murabbiyi bo‘lish uchun asosiy da’vogar ekanligi haqida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Arteta 2011-2016 yillarda “Arsenal”da aynan Venger qo‘l ostida shug‘illangan.
“Albatta, hozir “Arsenal”ga oson emas va shu bois men bu vaziyat haqida gapirishni xohlamayman. Hozir men xuddi klub muxlislari singari qiynalyapman.
Artetada bilim va ishtiyoq bor. Uning kelajagi porloq. Ammo, uning bosh murabbiy sifatida tajribasi yo‘q va shu bois u bu borada biroz muammolarga duch kelishi mumkin”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar