Velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

  • 10 oktabr, 2020, 22:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Poytaxtimizdagi "Trek" sport majmuasida velotrek bo‘yicha 5-9 oktyabr kunlari o‘smir sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 2004-2005 va 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smir sportchilarimiz bahs olib bordi.

Ta’kidlash joiz, bu velosiped sporti bo‘yicha karantin cheklovlari yumshatilgan davrda tashkil qilingan ilk O‘zbekiston chempionati hisoblanadi. Musobaqada Respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan 100 nafardan ziyod o‘smir sportchilar ishtirok etdi. Chempionatning so‘nggi kunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

photo_2020-10-10_22-03-28 (2)

photo_2020-10-10_22-03-28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!