Varganing operatsiyadan keyingi ilk surati e’lon qilindi

  • 25 iyun, 2024, 19:01
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Vengriya futbol federatsiyasi Varganing operatsiyadan keyingi ilk suratini e’lon qildi

Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi, uning yordamchilari va Vengriya terma jamoasi futbolchisi Endre Botka Shtutgartdagi kasalxonaga hujumchi Barnabash Vargadan xabar olishga bordi, deya xabar bermoqda Vengriya futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Yakshanba kuni "EVRO-2024" guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan shotlandlar bilan o‘yinda (1:0) Varga raqib darvozaboni Angus Gann bilan to‘qnashib ketdi va erga quladi. Futbolchi tomoshabinlar va videokameralardan yashirin tarzda, kislorod niqobi taqqan holda zambilda maydondan olib ketildi.

Keyinroq vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Varganing yuz suyagi singanini va Evropa chempionatida boshqa maydonga tushmasligini aytdi. Futbolchi o‘ynagan "Ferentsvarosh" ham miya chayqalishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.

Federatsiya shoshilinch operatsiya qilingan Varganing suratini e’lon qildi:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!