Vardi Evropaning eng kuchli hujumchilaridan biri

  • 11 dekabr, 2020, 22:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lester” bosh murabbiyi Brendan Rojers jamoa hujumchisi Jeymi Vardi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Futbolchiga doimo unga ishonch bildirayotganingizni tushuntira olishingiz lozim. Vardi meni har doim hayratda qoldiradigan hujumchi. Agar u muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatsa, Evropada u kabi kuchli hujumchilar juda kam.

U darvoza sari borayotganda, goldan boshqa narsani o‘ylamaysiz. U futboldagi aynan men istagan narsaga to‘liq mos keladi. Unda xarakter bor. Mening orzuyimdagi futbolchi ham xuddi shunday kuchli ruhiyatga ega. Biz Evropaning eng kuchli hujumchilaridan birining xizmatlaridan to‘liq foydalanishimiz lozim”, - dedi Rojers.

33 yoshli Vardi joriy mavsum APLda jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!