
Van Nistelroy yana Angliyaga qaytishi mumkin
Rud van Nistelroy shu hafta boshida Ruben Amorim jamoani qabul qilib olganidan so‘ng "Manchester Yunayted"ni tark etdi. Niderlandiyalik mutaxassis yaqin kelajakda yana murabbiy sifatida Angliyaga qaytishi mumkin.
TalkSPORT xabariga ko‘ra, van Nistelroy "Koventri Siti" bosh murabbiyi bo‘lish uchun ariza topshirgan. Ammo u ushbu lavozimga o‘tirishi uchun jiddiy raqobatga duch kelishi qayd etilgan. Boisi "Koventri Siti" boshqaruviga bir qator mutaxassislar, jumladan Frenk Lempard ham taklif qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, "Koventri Siti" hozirda Chempionship turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘zining navbatdagi uchrashuvini 23 noyabr kuni o‘z maydonida "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar