
Valeriy Karpin: O‘zbekiston va Tojikistonga qarshi bahslarda ikki xil tarkib o‘ynaydi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Tojikiston va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda ikki xil tarkiblar o‘ynashini aytdi.
“Tojikiston va O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda tarkib butunlay boshqacha bo‘ladi. Birinchi bahsda harakat qilgan 11 futbolchini O‘zbekistonga qarshi bahsda to‘lig‘icha o‘zgartiramiz. Bu bizga boshqa futbolchilarni sinab olishimiz uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi", - deydi Karpin.
Eslatib o‘tamiz, ertaga, 17 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘zbekiston bilan o‘yin 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar