
Uxx! Shomurodov uchun kurashga APL klubi qo‘shildi (foto)
"Roma" safida harakat qiladigan legionerimiz Eldor Shomurodov tobora boshqa jamoaga o‘tishi oydinlashib bormoqda. Hamyurtimizga Italiyaning bir necha klublari qiziqish bildiryapti.
Taniqli insayder Janluka di Martsioning xabar berishicha, futbolchimizga APLning "Vulverxempton" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Klub hujumchini qo‘lga kiritishni istayapti, deb yozadi di Martsio o‘zining "Tvitter" sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq Eldorga "Bolonya", "Torino", "Sampdoriya" va "Sassuolo" kabi jamoalar qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar