
Usmon Toshevga taklif bor, u "Nurafshon"dan ketyapti...mi?
“Nurafshon” klubini boshqarayotgan Usmon Toshevning O‘FAda ish boshlashi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lyapti. Qiziq, o‘zi yaqinda Buxoroga qaytgan mutaxassis yana ketadimi? “Nurafshon” klubi direktori Farrux Hamroev mazkur masala bo‘yicha Sports.uz ga shunday dedi:
- Farrux aka, Usmon Toshevning O‘FAga ishga o‘tayotgani rostmi?
- Gapning ochig‘ini aytaman, Usmon Qudratovich bugun kechqurun keladi. Keyin hokimning yoniga kirishimiz kerak. Shundan keyin bilsa bo‘ladi.
- Demak, Toshev “Nurafshon”dan ketyaptimi?
- Yo‘q, klubda qoladi. Boshqa lavozimda, balki vitse-prezident bo‘lib.
- U holda o‘rniga “Nurafshon”da bosh murabbiy kim bo‘ladi?
- Aytyapman-ku, kelsa gaplashamiz. Hokimning oldiga kiramiz. Keyin barchasi ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar