
Usmon Dembele o‘zi uchun namuna bo‘la oladigan uch futbolchini aytdi
PSJ hujumchisi va "Oltin to‘p" sohibi Usmon Dembele o‘ziga namuna bo‘lgan futbolchilarni aytib o‘tdi.
"Men "Barselona"da o‘ynagan paytimda "aldamchi to‘qqizlik" pozitsiyasida xarakat qilgan Lionel Messi bilan bir jamoada bo‘lganman. Uning maydondagi harakatlari va raqiblarni aldab o‘tishi juda ajoyib edi. To‘p uning oyog‘iga aniq etib borishini bilardim, chunki Buskets uni juda yaxshi tushunar edi. Bundan tashqari, Xarri Keyn hamda Kilian Mbappening o‘yinlarini xam kuzatib boraman. Ular men e’tibor beradigan futbolchilar xisoblanadi", - dedi Dembele "France Football" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Messi va Dembele 2017-2021 yillar oralig‘ida "Barselona"da birga to‘p tepgan edi.
Fikrlar