
Usik va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi rasman e’lon qilindi !!!
Super og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik va sobiq chempion Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi rasman e’lon qilindi. Bu haqida Turki Al ash-Shayx ma’lum qildi.
“Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 2024 yil 21 dekabr kuni Ar-Riyodda o‘tkaziladi. Dunyo yana bir bor tarixiy kurashni ko‘radi. Umid qilamizki, bu hammaga yoqadi!”, – deb yozadi Saudiya Arabistoni rasmiysi ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Fyuri(34-1-1, 24 KO) va Usik(22-0, 14 KO) o‘rtasidagi ilk jang 18 may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalik bokschi ochkolar evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar