Ulug‘bek Rashitov yilning eng yaxshilari qatorida

  • 4 dekabr, 2024, 22:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Ulug‘bek Rashitov 2024 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi.

Tecno

Taekvondo WT bo‘yicha ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov joriy yil jahon miqyosida yilning eng yaxshi erkak taekvondochisi deb topildi. Sovrin sportchimizga Gonkongda o‘tayotgan pumse bo‘yicha jahon chempionati arafasida topshirildi.

Ushbu nominatsiya g‘olibi butun dunyo bo‘yicha ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. Quvonarlisi, bu o‘zbek taekvondochilarining jahon miqyosida ilk bor mana shunday nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi. Boisi, shu paytgacha hech bir hamyurtimiz Butunjahon taekvondo federatsiyasi tomonidan bunday e’tirofga sazovor bo‘lmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!