
Ulug‘bek Baqoev: "Selektsiya ishlari davom etyapti"
OKMK – “Buxoro” (3:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yinni startini yaxshi boshlagandik. Himoyachilarning xatosidan so‘ng darvozamizdan to‘p olib chiqdik, uning ustiga qulay vaziyatlardan ham foydalana olmadik. Orqa chiziqda qilingan qo‘pol xatolar va vaziyatlardan foydalanmaslik oqibatida bugun mag‘lubiyatga uchradik.
Albatta, ikkinchi davrada 5 tadan ko‘proq o‘yinchi olishni xohlaymiz, ammo reglament bunga to‘sqinlik qiladi. Selektsiya ishlari davom etyapti, maksimal darajada tarkibni kuchaytirishga harakat qilamiz.
Futbolchilarimizning darajasidan kelib chiqib o‘yin ko‘rsatyapmiz. Bilmadim, mavsum boshida selektsiya ishlari qanday olib borilgan?!.
Xatolar ustida ishlaymiz va keyingi o‘yinlarda ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.
O‘yinchilarga bugungi ko‘rsatgan o‘yini uchun rahmat”, - dedi Baqoev.
"Buxoro" matbuot xizmati.
Fikrlar