
Ulug‘bek Baqoev: "Qizilqum"dan qo‘rqqan edik
"Avvalambor O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklayman. Xalqimizga oilaviy baxt, sihat-salomatlik tilayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, o‘yin juda oxir tarzda o‘tdi. Ozroq qo‘rqqan edik. "Qizilqum" jamoasi turnir jadvalini xavfli xududida turgani bois ular ham ochko yo‘qotmaslik uchun maydonga tushishini bilar edik.
Birinchi bo‘limda yorqin o‘yin ko‘rsatdik, ikkinchi taymda esa aksincha yigitlar bo‘shashganday bo‘lishdi. Muhimi g‘alaba qozondik. Butun Jizzax xalqini hamda "So‘g‘diyona" muxlislarini bugungi ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman", - dedi Baqoev.
Fikrlar