
Ulug‘bek Baqoev "Paxtakor"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» - «So‘g‘diyona» uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Paxtakor futbol klubini 12-bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiratganligi bilan tabriklayman.
Oyinga keladigan bo‘lsak, bahs juda qiziqarli va keskin ravishda o‘tdi. Bizda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ozroq omad etishmadi, deb o‘ylayman. Jizzaxdan tashrif buyurib, bizni qullab-quvvatlagan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Ustoz va murabbiylari kuni bilan ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklab qolaman, - dedi Baqoev.
Fikrlar