Ulug‘bek Baqoev "Ostona" klubida nimalarni o‘rgandi?

  • 22 dekabr, 2019, 18:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Mavsum-2019»da o‘zini har tomonlama ko‘rsata olgan murabbiy Ulug‘bek Baqoev «So‘g‘diyona» bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda chinakamiga chempionatning kashfiyoti bo‘ldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Yaqinda esa ushbu mutaxassis Qozog‘istonning «Ostona» klubida bo‘lib qaytdi.

Tecno

- Eshitishimcha, mavsum tugaganidan so‘ng Qozog‘istonga borib, «Ostona» klubida tajribangizni oshirish maqsadida amaliyot o‘tagansiz. Shu gaplar rostmi?

- «Pro» litsenziyasiga ega bo‘lish uchun mutaxassisning xorijda amaliyot o‘tashi juda zarur. Shuning uchun ham Qozog‘istonga borishimga to‘g‘ri keldi. Qolaversa, futbolchilik faoliyatimning ancha qismini qozoq chempionatida o‘tkazganim bois u erda tanishlarim ko‘p. Shundan kelib chiqqan holda u erdagi do‘stlarimga murojaat qildim. O‘z navbatida Qozog‘istondagi do‘stlarim bir qancha variantlarni taklif qilishdi va bemalol u erga borishim mumkinligini aytishdi. «Ostona»ning Evropa Ligasi doirasida «AZ Alkmar»ga qarshi o‘yinini stadionda kuzatdim. «Ostona»da besh kun qolib, u erda ishlar qanday yo‘lga qo‘yilganini, infratuzilmani kuzatdim. Asosiysi, o‘sha joydagi qisqa muddatli amaliyotdan har tomonlama ko‘nglim to‘ldi.

Tez orada sports.uz saytida Ulug‘bek Baqoev bilan uyushtirilgan katta suhbatni o‘qishingiz mumkin. Unda mavsum haqidagi taassurotlari, jamoasining ishtiroki, klubdagi taqdiri va yana boshqa masalalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Shunday ekan, saytimizdan uzoqlashmang!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!