
Ulug‘bek Baqoev "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alaba nimaning evaziga qo‘lga kiritilgani borasida gapirdi
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandik. "Metallurg" kuchli tarkibga ega, tajribali futbolchilardan iborat. Bu raqibga qarshi birinchi navbatda futbolchilarni ruhan tayyorlashimiz kerak edi. Buni uddaladik. Ikkinchidan oxirgi o‘yinlarda gol kiritolmayotgandik. Zarbasiz, golsiz natijaga erishib bo‘lmasligini shogirdlarga tushuntirdik. Qolaversa, darvozabonimiz zo‘r o‘ynadi. Undagi ishonch boshqa yigitlarga ham ko‘chdi. Milan Mitrovich "Paxtakor"ga qarshi bahsda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygandi. Bugun esa u jamoamizni qutqardi. "Metallurg" jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman, - dedi Baqoev.
Fikrlar