Ulug‘bek Baqoev: Futbolda gol kiritgan jamoa yutadi

  • 30 iyul, 2019, 21:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostini aytsam, Qo‘qondagi o‘yin qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G‘alabaga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Qo‘qonliklar bugun yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar maydonda borlarini berib to‘p surishdi. Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo‘l keldi.

Tecno

Qolaversa bunday issiq havoda to‘p tepish oson emas. Futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Futbolda gol urgan jamoa yutadi. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deb Baqoevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!