
Ulug‘bek Baqoev: Durang adolatli natija bo‘ldi
“Qizilqum” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Bugun har ikki jamoa ham asosan oldinga o‘tishga va hujum uyushtirishga urindi. Raqibda ham, bizda ham etarlicha imkoniyatlar yuzaga keldi. Yakunda qayd etilgan durang natija adolatli bo‘lganini ta’kidlay olaman. Yigitlarga esa maydonda borlarini berib harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. “Qizilqum” jamoasi bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi. Keng to‘p uzatishlar va qanotlar ancha faol ishladi. Raqib safida jarohat olgan futbolchilar tezroq tuzalib ketishlarini tilayman, - dedi mutaxassis.
Manbaa: PFL
Fikrlar