Ulug‘bek Baqoev: 3 nafar futbolchi bilan kelishib bo‘ldik. Hujjat ishlarini yakunlab olsak, ular jamoamizga qo‘shiladi

  • 4 iyun, 2023, 14:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston Kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Sho‘rtan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. "Buxoro" "D" guruhi yakunlariga ko‘ra "Turon"dan so‘ng 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

IMG_4639

- O‘yin haqida.

- Umuman olganda o‘yin qiziqarli o‘tdi, birinchi bo‘limda 3-4 ta yaxshi vaziyatlar yaratdik. Keyin ikkinchi bo‘limda hisobni ochdik. Sal o‘tib gol o‘tkazib yubordik. Minimum vazifa guruhdan chiqish edi va buni uddaladik.

- Buxoro jamoasi bir necha o‘yindan beri vaziyatlardan foydalanmaslik borasida oqsab kelmoqda. Bu kamchilikni bartaraf etishni iloji bormi?

- "Sho‘rtan" bilan bellashuvda ham guvohi bo‘ldingiz bir necha xavfli vaziyatlar yaratdik. Goh to‘sin, goh noaniq zarbalar berildi. Eng muhimi golli vaziyatlar yaratilyapti. Jamoaning o‘yin suratida ijobiy o‘zgarish bor. Biz bu kamchilikni tuzatishga harakat qilamiz.

- Jamoaga taklif etiladigan futbolchilarni belgilab oldingizmi?

- Selektsiya ishlarini allaqachon boshlab yuborganmiz. 3 nafar futbolchi bilan kelishib bo‘ldik. Hujjat ishlarini yakunlab olsak bo‘ldi, ular jamoamizga kelib qo‘shiladi. Reglament bo‘yicha 5 nafar o‘yinchi olish mumkin. Undan tashqari 20 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli futbolchilarni ham jamoaga taklif qilishni ko‘zlayapmiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!