
"Ulsan" OChL-2020 chempioni!
Osiyo Chempionlar Ligasi final uchrashuvi yakuniga etdi. Hal qiluvchi bahs "Persepolis"-"Ulsan" jamoalari o‘rtasida kechdi. Qatardagi "Al-Janub" stadionida kechgan uchrashuv nominal mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Hisob 45-daqiqada forslar hujumchisi Mexdi Abdi tomonidan ochildi. Himoyachilarning xatosidan keyin to‘pni olib qo‘ygan Bashar Rasan sherigini to‘p bilan ta’minladi. Jarima maydoniga kirishi bilan zarba bergan eronlik forvardning urinishini darvozabon qaytara olmadi.
Biroq birinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda maydon egalari darvozasi tomon penalti belgilandi. To‘p qarshisiga kelgan Junior Negaoning zarbasini darvozabon qaytardi. Takroriy urinish bilan uning o‘zi tarozi pallalarini tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda faollikni davom ettirgan koreyslar yana 11 metrlik jarima zarbasiga ega bo‘ldi. Bu safar Junior mo‘ljalda adashmadi.
Shu tariqa, "Ulsan" o‘z tarixida ikkinchi bor Osiyo Chempionlar Ligasida zafar quchdi. Birinchi chempionlik 2012 yilda qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar