Ular Fergyusonning izidan borishmoqchi

  • 6 yanvar, 2024, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning 25% ulushini sotib olgan "Ineos" kompaniyasi raisi Jim Retkliff va "Ineos" sport direktori Deyv Braylsford "qizil iblislar"ning Karringtondagi mashg‘ulot maydoniga tashrif buyurishdi va u erda bosh murabbiy Erik ten Xag hamda klub xodimlari bilan uchrashishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lum qilinishicha, ushbu uchrashuvlar chog‘ida Retkliff va Braylsford “Manchester Yunayted” xodimlariga ularning loyihasidan maqsad klubni Ser Aleks Fergyuson davridagi yuqori standartlarga qaytarish va u erishgan muvaffaqiyat darajasini takrorlash ekanini aytishgan.

Ta’kidlanishicha, Retkliff ten Xag bilan alohida gaplashib olgan. Biroq ushbu suhbat tafsilotlari hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Fergyuson "Manchester Yunayted"ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan. Bu davrda «Manchester Yunayted» 13 marta Angliya chempioni, besh marta Angliya kubogi, 4 marta Angliya liga kubogi, 10 marta Angliya Superkubogi va ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!