
Ugo Loris rekordni yangiladi
Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris Uelsga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. O‘yin frantsuzlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, kechagi uchrashuv "Tottenxem"ning 34 yoshli darvozaboni uchun Frantsiya terma jamoasi sardori sifatida o‘tkazgan yubiley 100-o‘yini bo‘ldi. Shu tariqa, Loris bu borada terma jamoaning rekordini yangiladi.
Terma jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Dide Desham ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. U Frantsiya terma jamoasida sardorlik bog‘ichi bilan 54 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Ugo Loris Frantsiya terma jamoasi safida 2008 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 124 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Fikrlar