Ugo Loris PSJga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 26 may, 2019, 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli frantsiyalik posbonga PSJ klubidan qiziqishlar mavjud. Parijliklar uni Janluiji Buffonga o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Aytish kerakki, Frantsiya chempioni haligacha italiyalik darvozabon bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Loris joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 46ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!