UFCning navbatdagi turnirida qanday natijalar qayd etildi?

  • 4 oktabr, 2020, 15:43
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun tongda "jangchilar orolida" "UFC on ESPN 16" turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasining sobiq chempioni Xolli Xolm (14-5) va Iren Aldanu (12-6) o‘zaro to‘qnash keldi. Jangda hakamlar bir ovozdan Xolmning g‘alabasini qayd etishdi (50-44, 50-45, 50-45).

Yorgan de Kastro (6-2) esa Karlos Felipega (9-1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. To‘liq davom etgan jangda de Kastro hakamlar qaroriga bilan zafar quchdi (30-27, 30-27, 29-28).

Jermen de Randami (10-4) Julianna Penyani (10-4) bo‘g‘ish usuli evaziga mag‘lub etdi.

Kayler Fillips (8-1) Kemeron Elsni (10-5) ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Dushko Todorovich (10-0) va Dekuan Taunsend (21-12) qarama-qarshiligining ikkinchi raundida Todorovich texnik nokaut evaziga g‘alabani tantana qildi.

UFC promoushenining navbatdagi turniri 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. "UFC Fight Night 179" musobaqasining asosiy kardida Marlon Moraes Kori Sendxagenga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!