
UFCning navbatdagi turniri uchun vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi
19 dekabrdan 20 dekabrga o‘tar kechasi Las-Vegasda "UFC Vegas 17" turniri o‘tkaziladi.
Kechaning markaziy jangida yarimengil vazn toifasi chempionligi uchun sobiq da’vogar Stiven Tompson va Jeff Nil o‘zaro to‘qnash keladi.
Turnir oldidan, sportchilar vazn me’yorini bajardi.
Musobaqaning asosiy kardida oktagonga ko‘tariladigan juftliklarning vazn o‘lchash marosimidagi natijalari bilan tanishing:
Stiven Tompson (77,1 kg) — Jeff Nil (77,5)
Joze Aldo (61,7) — Marlon Vera (61,2)
Xaos Uilyams (76,8) — Michel Pereyra (77,1)
Marchin Tibura (115,6) — Greg Xardi (120,6).
Fikrlar