
"UFC 314" turniri ishtirokchilari haqida siz bilmagan faktlar!
Xabaringiz bor, 14 aprel kuni AQShning Mayami shahrida "UFC 314" turniri bo‘lib o‘tadi.
Quyida turnirda ishtirok etuvchi jangchilar haqida qiziqarli faktlarni bilib olishingiz mumikin.
1. Aleksandr Volkanovski UFC muxlislariga "pancherlik" mahorati bilan tanilgan. Ammo Aleks yunon-rum kurashi bo‘yicha 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ikki karra Avstraliya chempioni ekanini hamma ham bilmaydi. Uning kurash bilan qattiq shug‘ullanishiga REGBI turtki bo‘lgan. Ha, Volkanovski, dastlab, regbichi sifatida karerasini boshlagan va faqat 23 yoshga kelib, MMA ga o‘tgan.
2. 2018 yil Grozniydagi ACB ligasida nokautlarga uchrab yurgan Diego Lopes 7 yil o‘tib, UFC chempionligi uchun jang qiladi, deb kim ham o‘ylabdi deysiz. Ha, yigit kishining omadi bilan o‘ynashib bo‘lmaydi, degani shu bo‘lsa kerak.
3. Maykl Chendler kollejda o‘qib yurgan yillarida shunchaki kurash bilan shug‘ullanmagan. U shuningdek, shaxsiy moliya mutaxassisi va ko‘chmas mulk bo‘yicha qo‘shimcha ta’limga ham ega bo‘lgan.
4. Peddi Pimblett erkaklar ruhiy salomatligini yaxshilashga qaratilgan xayriya tashkilotiga asos solgan. Bu jangchining do‘sti o‘z joniga qasd qilganidan keyin sodir bo‘lgan.
5. Yair Rodriges 2016 yilgi Rio Olimpiadasida boks bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan Misael Rodrigesning amakivachchasi. Yairning o‘zi 5 yoshida taekvondo mashg‘ulotlariga qatnasha boshlagan.
6. Patrisio Freyre Bellator tarixida uchta vazn toifasida chempionlik uchun kurashgan yagona jangchi hisoblanadi.
7. Nikita Krilov 13 yoshidan shaxsiy shaxtada noqonuniy ishlagan, u erda spirtli ichimliklar va sigaretga berilib ketgan. Ammo keyinchalik sport uni normal hayotga qaytargan.
Fikrlar