
UFC 303 turnirining to‘liq natijalari bilan tanishing
Bugun tongda Las-Vegas shahridagi “T-Mobile Arena”da UFC 303 turniri bo‘lib o‘tdi. Quyida ushbu turnirning to‘liq natijalari bilan tanishib olishingiz mumkin:
Aleks Pereyra 2-raundda Irji Proxazka ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi va yarim o‘rta vaznda o‘z chempionligini saqlab qoldi.
Diego Lopes hakamlarning yakdil qarori bilan (29-28, 29-28, 29-28) Den Ij ustidan g‘alaba qozondi.
Roman Dolidze hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 29-28, 29-28) Entoni Smit ustidan g‘alaba qozondi.
Mayra Bueno Silva va Meysi Kyason o‘rtasidagi jang Silvaning jiddiy jarohat olgani sababli 2-raundda to‘xtatildi. Shu tariqa Kyason texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Ian Garri hakamlarning yakdil qarori bilan (29-28, 29-28, 29-28) Maykl Peyj ustidan g‘alaba qozondi.
Jo Payfer 1-raunddayoq Mark-Andre Barrioni nokautga uchratib g‘alaba qozondi.
Andre Fili hakamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 28-29, 29-28) Kab Svonson ustidan g‘alabaga erishdi.
Jan Silva 2-raundda Sharl Jurdenni nokautga uchratib g‘alaba qozondi.
Peyton Talbott 1-raunddayoq Yanis Gemmurini nokautga uchratib g‘alaba qozondi.
Jillian Robertson hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 30-26) Mishel Uoterson-Gomes ustidan g‘alabaga erishdi.
Martin Buday hakamlar qaroriga ko‘ra (29-28, 28-29, 30-27) Andrey Orlovskiy ustidan g‘alaba qozondi.
Rei Tsuruya hakamlarning yakdil qarori bilan (29-28, 29-28, 29-28) Karlos Ernandes ustidan g‘alaba qozondi.
Vinisius Oliveyra hakamlarning yakdil qarori bilan (30-27, 30-27, 29-28) Riki Saymon ustidan g‘alaba qozondi.
Fikrlar