
UFC 280 turniridan so‘ng Chimaev hamda Nurmagomedov mushtlashib ketdi (Video)
UFC jangchilari Abubakar Nurmagamedov hamda Xamzat Chimaev o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda "Sport-Ekspress" nashri xabar bermoyda.
UFC 280 turnir markaziy jangida Islom Maxachev Charlz Oliveyrani mag‘lub etib, engil vazn toifasida yangi chempionga aylandi. Sportchilarni taqdirlash vaqtida oktagon tashqarisida UFC'ning yana bir jangchisi Xamzat Chimaev va Abubakar Nurmagamedov o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tdi va jarayon to‘satdan mushtlashuvga aylanib ketdi. Shundan so‘ng xavfsizlik xizmati sportchilarni ajratdi.
Fikrlar