"UFC 268" turnirining fayt-kardi ham super ko‘rinish olmoqda. Ikki chempionlik jangi bo‘ladi

  • 3 sentabr, 2021, 20:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Joriy yilning 6 noyabr kuni  AQShning Nyu-York shahridagi mashhur “Medison-Skver-Garden” arenasida “UFC 268” turniri tashkil qilinadi. Ushbu kechaning markaziy jangida yarim o‘rta vazn toifasi chempioni nigeriyalik Kamaru Usman da’vogar AQSh vakili Kolbi Kovington bilan bahs yuritadi. Bu ularning ikkinchi jangi bo‘lib, dastlabkisida Usman g‘alaba qozongandi.

Tecno

Shuningdek, mazkur turnir kardidan bir qator super to‘qnashuvlar o‘rin olgan.

Quyida, hozirga qadar aniq bo‘lgan juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.  

Asosiy kard:

Kamaru Usman (Nigeriya) - Kolbi Kovington (AQSh) (yarim o‘rta vaznda chempionlik jangi);

 Rouz Namayunas (AQSh) - Veyli Jang (Xitoy) (ayollar minimal engil vaznida chempionlik jangi);

 Jastin Getji (AQSh) - Maykl Chendler (AQSh)

 Lyuk Rokxold (AQSh) - Shon Striklend (AQSh)

 Frenki Edgar(AQSh) - Marlon Vera (AQSh)

Prelim kard:

 Aleks Pereyra (Braziliya) Andreas Mixaylidis (Gretsiya);

 El Yakvinta (AQSh) - Bobbi Grin (AQSh)

 Jermeyn de Randami (Niderlandiya) - Iren Aldana (Meksika)

 Edmen Shaxbazyan (AQSh) - Nassurdin Imavov (Frantsiya)

 Melsik Bagdasaryan (Armaniston) - TiDjey Larami (Kanada)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!