
UEFA “Liverpul” va Kloppni haqoratlagan hakamni chetlatdi
Angliyalik hakam Devid Kut so‘nggi kunlarda futbol muxlislarining diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bunga, Kutning mast holatda “Liverpul” va Yurgen Kloppni haqorat qilgan videosi sabab bo‘ldi.
Angliya futbol federatsiyasi Devidni sud jarayonlariga qadar ishdan chetlatdi. The Sun xabariga ko‘ra, UEFA ham ham arbitrni vaqtinchalikka chetlatgan.
Agarda, sudda Kut aybdor deb topilsa, undan hakamlik litsenziyasi olib qo‘yiladi.
Fikrlar